Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorning ikki muammosi hal etildi
14:36 / 2024-08-14

Ma’lumki, bugungi kunda Biznes ombudsman tadbirkorlarning ishonchli vakiliga aylanib ulgurgan.

Xususan, noqonuniy tekshiruvlar, tadbirkorlar faoliyatiga asossiz aralashuvlarning oldini olish maqsadida institut tomonidan tizimli faoliyat yo‘lga qo‘yildi. 

Tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilish va ularning ko‘rib chiqilishi jarayoni doimiy nazorat qilib boriladi. 

Shunga ko‘ra, Biznes-ombudsmanga Qashqadaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi “Nodirbek” (nomi o‘zgartirilgan) MCHJ shaklidagi qo‘shma korxona rahbari S.M. olgan kredit mablag‘i uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan kompensatsiya pullari to‘lab berilmayotganidan norozi bo‘lib murojaat qildi. 

Vakil devoni xodimlari tomonidan masala nazoratga olinishi natijasida kredit mablag‘ining 5 foizi miqdoridagi kompensatsiya pullari to‘lab berilishi ta’minlandi.  

Shuningdek, S.M. ta’sischiligidagi fermer xo‘jaligi davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi tamomlanmayotganini ma’lum qilgan. 

Biznes-ombudsman aralashuvi bilan ijro ishi qo‘zg‘atishga asos bo‘lgan ijro hujjati sud tomonidan bekor qilingani asos qilinib, fermer xo‘jaligiga nisbatan ijro ishi tamomlanishi ta’minlandi.  

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA