Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorning huquqlari himoya qilindi
18:52 / 2026-01-16

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoniga joriy yilning 7 yanvar kuni Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan “Xasan Xusan Omad Baraka” MCHJ ishonchli vakili D.T.Nishanbayevning Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi xodimlari xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib yo‘llagan 5550-r/26-sonli shikoyat arizasi kelib tushgan.

Murojaatda ko‘rsatilishicha, tadbirkor Qurilish bosh boshqarmasi Yakkasaroy tuman bo‘limi arxitektori tomonidan loyiha-smeta hujjatlari kelishib berilmayotganligidan noroziligi ma’lum qilingan.

Murojaatni o‘rganish davomida, Biznes ombudsman devoni xodimlari qonuniy talabiga asosan tuman arxitektori tomonidan loyiha-smeta hujjatlari qayta ko‘rib chiqilib, ijobiy xulosa berilgan holda tadbirkorning huquqlari tiklandi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘ygan Qurilish bosh boshqarmasi Yakkasaroy tuman bo‘limi mas’ul xodimga nisbatan Biznes-ombudsman devoni xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 2412-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

J.Bekmuhammedov,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

huzuridagi Biznes-ombudsman devonining 

Toshkent shahar sho‘’basi yetakchi inspektori