Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorning besh yillik muammosi hal etildi
19:04 / 2023-05-29

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Biznes-ombudsman devoni tomonidan Farg‘ona tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi “Sarkor” fermer xo‘jaligining qurilgan bino-inshootlar kadastr hujjatini rasmiylashtirishda yuzaga kelgan muammolar yuzasidan murojaati o‘rganildi.

Aniqlanishicha, tuman hokimining 2018 yil 10 avgustdagi qaroriga asosan fermer xo‘jaligi ijarada foydalanib kelayotgan yer maydoniga sovitkichli ombor va dala shiyponi qurishga ruxsat berilgan.

Biroq qarorni tayyorlash jarayonida texnik xatoga yo‘l qo‘yilib, 3-bandida parrandachilik va quyonchilik fermasi hamda ularni qayta ishlash sexi qurilish ishlarini amalga oshirish bilan bog‘liq so‘zlar yozilganligi sababli, qurib bitkazilgan bino-inshootlarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish imkoni bo‘lmagan.

“Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida»gi qonunning 59-moddasi birinchi qismida ma’muriy hujjat manfaatdor shaxsning arizasi yoki ma’muriy shikoyatiga ko‘ra ma’muriy hujjatni qabul qilgan ma’muriy organ, yuqori turuvchi ma’muriy organ tomonidan, shuningdek, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa organlar tomonidan ham bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkinligi belgilangan.

Shunga ko‘ra, Biznes-ombudsman tomonidan Farg‘ona viloyati hokimligiga tuman hokimining qarori 3-bandiga o‘zgartirish kiritish choralarini ko‘rish yuzasidan xulosa kiritildi.

Mazkur xulosa asosida tuman hokimining qaroriga o‘zgartirish kiritildi hamda fermer xo‘jaligining bino-inshootlariga kadastr hujjatlari rasmiylashtirildi.

O.Imomov, 

Biznes-ombudsman devoni yetakchi inspektori