English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorning 840 million so‘m qarzi undirib berildi
14:14 / 2023-06-06

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi “Sariosiyo universal qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati “GST Oil” jamiyati bilan ayrim turdagi mahsulotlar uchun shartnoma tuzadi. Toshkentdagi “GST Oil” jamiyati rahbari shartnoma shartlariga muvofiq belgilangan turdagi mahsulotlarni buyurtmachiga o‘z vaqtida va sifatli yetkazib beradi.

Afsuski, “Sariosiyo universal qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati qabul qilib olingan tovarlar uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmaydi. Poytaxtlik tadbirkorni og‘ir vaziyatda qoldirgan mazkur masala sud tartibida ko‘rib chiqildi. Sariosiyo tumanlararo iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan “GST Oil” jamiyati foydasiga 840 million so‘m qarzni undirish belgilandi.  

Sudning ijro hujjati MIB Sariosiyo tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilingach, da’vogarning qonuniy manfaatlari himoya qilinib, barcha zarur choralar ko‘rildi. Qarzdorlik to‘liq undirib berildi. “GST Oil” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari faoliyatini davom ettirishga ko‘maklashib, yuzaga kelgan qarzdorlikni to‘liq undirib bergani uchun davlat ijrochilariga minnatdorlik bildirdi.  

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA