Tadbirkorning 2,5 milliard so‘mlik mulkini talon-toroj qilgan shaxslarga jinoyat ishi ochildi
"F.M." mas’uliyati cheklangan jamiyati ombor mudiri A.N. va sotuvchilari B.E. va D.I. o‘zlarining moddiy javobgarligidagi xorijda ishlab chiqarilgan jami 2,5 milliard so‘mlik 92 turdagi elektr uskunalarini boshqa shaxslarga sotib yuborib, o‘zlashtirgan.
Bu Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zA