Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorning 1,3 milliard so‘mlik mahsulotini o‘zlashtirgan filial rahbarining kirdikorlari fosh etildi
15:52 / 2021-10-29

bugungi kunda mamlakatimizda firibgarlik, aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki mulkiy huquqini qo‘lga kiritish kabi holatlar uchrab turibdi.

Bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “P.” qo‘shma korxonasining Buxoro filiali rahbari Z.J. o‘ziga ishonib topshirilgan 1,3 milliard so‘mlik alkogol va salqin ichimliklarni naqd pulga sotib, pullarni korxona hisob raqamiga kirim qilmasdan talon-toroj qilgani aniqlandi.  

 Filial rahbari ushbu pullar hisobidan turmush o‘rtog‘i va o‘zining nomiga 2 ta “Damas”, “Toyota Hays” va “Isuzu” rusumli avtotransport vositalarini xarid qilib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirgan.  

 Yana bir holatda Departamentning Nukus shahar va Qo‘ng‘irot tumani bo‘limlari tomonidan “Nukus vino zavodi” AJning murojaatiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qo‘ng‘irot tumanida faoliyat yurituvchi “D.S.” xususiy korxonasi rahbari A. fuqaro F.ga 144 dona qalbaki aksiz markalar bilan yelimlangan “Qarataw” nomli alkogol mahsulotini 2,4 million so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, jami 156 dona alkogol mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan.  

 Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  

 

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA