Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorni adliya bo‘limi himoya qildi
20:27 / 2023-09-16

Konimex tumanidagi qurilish-montaj ishlarini bajaruvchi “NURBIBI JAVOHIR” oilaviy korxonasi rahbari J Xoliqov amaliy yordam so‘rab tuman adliya bo‘limiga murojaat qildi.

Murojaatda korxonaga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun tumandagi bir qator tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida mablag‘ to‘lab berilmaganligi ko‘rsatilgandi.  

O‘rganishlar davomida tuman sanitariya-epidemiyalogik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi 94 million 125 ming so‘m, tuman hokimligi 66 million 848 ming so‘m, tuman tibbiyot birlashmasi 147 million so‘mlik miqdordagi mablag‘ni oilaviy korxona hisob-raqamiga o‘tkazmaganligi aniqlandi.  

Tuman adliya bo‘limi tomonidan aniqlangan holatlar yuzasidan to‘plangan hujjatlar sudga yuborildi. Natijada adliya da’vo arizasi qanoatlantirilib, oilaviy korxona manfaatiga jami 300 million so‘mdan ortiq mablag‘ sud qarori bilan undiriladigan bo‘ldi.

 

A.Bo‘riyev,  

O‘zA muxbiri