English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlikni rivojlantirishning yangi bosqichi
14:48 / 2016-10-26

Jizzaxda “Tadbirkorlik sohasidagi huquqiy himoya va imkoniyatlarning yangi bosqichi – hayotimiz farovonligi kafolati” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Jizzaxda “Tadbirkorlik sohasidagi huquqiy himoya va imkoniyatlarning yangi bosqichi – hayotimiz farovonligi kafolati” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligi va viloyat adliya boshqarmasi hamkorligida «Jizzax» maxsus industrial zonasida tashkil etilgan tadbirda tadbirkorlar, bank, soliq va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 5-oktabrda imzolagan "Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmon tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va ularning faoliyatini rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. 

Mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanayotgani, mavjud qulay investitsiya muhiti xorijlik sarmoyadorlarni jalb etmoqda. «Jizzax» maxsus industrial zonasida tadbirkorlik faoliyati uchun belgilangan yengillik va imtiyozlar ham ishbilarmonlarga yangi imkoniyatlar yaratayotir. Hududga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etgan holda, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh, yuksak texnologiyali innovatsion ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Hududda 14 sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda.

– Maxsus industrial zonada yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha belgilangan dasturlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda, – deydi “Jizzax” maxsus industrial zonasi direksiyasi rahbari A.Abdullayev. – Ushbu farmonning hayotga izchil tatbiq etilishi tadbirkorlikni jadal rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbollariga keng yo‘l ochadi. Bu investitsiyalarni yanada kengroq jalb etish, hudud sanoatini  rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.