Bu haqda bugun O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ochiq muloqotda ma’lum qilindi.
Muloqot “Zamonaviy tadbirkor – Yangi O‘zbekistonning tayanchi” mavzusida bo‘lib o‘tdi.
Savdo-sanoat palatasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish Agentligi, Adliya vazirligi, Markaziy bank, Prezident huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes-ombudsman) devonining mas’ul xodimlari va tadbirkorlar ishtirok etgan ochiq muloqotdan quyidagilar ma’lum bo‘ldi.
2017-2021 yillar mobaynida 311 mingdan ortiq yangi kichik biznes sub’ektlari tashkil etilgan;
Palata huzurida “Toshkent xalqaro arbitraj markazi” o‘z faoliyatini boshlagan;
hududlarda tadbirkorlarga ko‘maklashish maqsadida barcha tuman va shaharlarda Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari ochilgan;
markazlar tomonidan tadbirkorlarga 600 mingdan ortiq biznes-xizmatlar ko‘rsatilgan;
Palata tomonidan 14 ta o‘quv markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan;
140 mingdan ortiq ishsiz yoshlar tadbirkorlik asoslariga o‘qitilib, biznesga yo‘naltirilishi maqsad qilingan;
o‘tgan davr mobaynida Palata huzurida “Turkiya iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti”ning Toshkent filiali tashkil etilgan;
xorijiy mamlakatlar Palatalari bilan 18 ta memorandum va tashkilotlar bilan 71 ta hamkorlik bitimlari tuzilgan;
O‘zA