Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlikni faol rivojlantirish davr talabi
16:51 / 2025-08-01

Toshkent viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning muammolarini tezkorlik bilan bartaraf etish va yangi qulayliklar yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, Bosh prokuror o‘rinbosari D.Kasimov va Bosh vazir o‘rinbosari J.Xodjayev to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning o‘zlashtirilishi va loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan o‘rganishlar olib bordi.

Unda loyiha tashabbuskorlarining faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlash va tezkorlik bilan bartaraf etish hamda yangi istiqbolli loyihalarni aniqlashga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, Yangiyo‘l shahrida tashkil etilgan kichik sanoat zonasi hududida joylashgan mis va alyumin kabellar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan “ALUKABEL PAYRAV” korxonasida ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Bu loyiha 1,3 gektar yer maydonga joylashtirilgan hamda yillik quvvati 600 million tonna turli xildagi mis va alyumin kabel mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Hozirda korxonada 150 dan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratilgan. 

O‘rganish davomida ushbu korxonaning kelgusi faoliyatidagi istiqbolli loyihalari, ularning kommunikatsiya va logistika bilan bog‘liq takliflari tinglandi. Ularning ijrosi bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi va nazoratga olindi. Shuningdek, Toshkent viloyati prokurori o‘rinbosari X.Bo‘riyev rahbarligida Chirchiq shahrida joylashgan kichik sanoat zonasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.  

Unda kichik sanoat zonalaridagi qurilishga ruxsatnoma olish, loyihani kelishish va ekspertiza xulosa olish, kadastr, kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, biznesni infratuzilma, yer va energiya bilan ta’minlash, bank, soliq, mikromoliya tashkilotlari bilan munosabatlarga oid 12 taga yaqin murojaatlar tinglandi. Ularning asosiy qismi joyida hal etildi. 

Shuningdek, sanoat zonalari ixtiyoridagi yer uchastkalari va bino-inshootlardan yillar davomida samarasiz foydalanish holatlari yuzasidan munosabat bildirib borish, loyihalarni joylashtirishda hududlarning geografik joylashuvi hamda infratuzilma imkoniyatlarini inobatga olish zarurligi yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.  

A.Musayev, O‘zA.