French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlikka qiziqishi bor xotin-qizlar mikromarkazda ish o‘rganmoqda
06:31 / 2023-08-12

FOTOREPORTAJ

Tadbirkorlik bugun ayollarning ham sevimli mashg‘ulotiga, ham asosiy faoliyatiga aylanib bormoqda.  

Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Taroqli mahallasida xotin-qizlar bandligini ta’minlovchi mikromarkaz tashkil etilgan. Mikromarkazda xotin-qizlar hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan 10 ta yo‘nalishda ish o‘rganmoqda. Mashg‘ulotlarga ishsiz, imkoniyati cheklangan xotin-qizlar jalb etiladi.  

[gallery-13107]

Hozirga qadar 132 nafar xotin-qiz turli yo‘nalishda o‘qitilib, mustaqil faoliyatni boshlashga ulgurdi. Eng muhimi, endi ular qanday tikaman, nima tayyorlayman, qo‘limdan keladimi-yo‘qmi, mahsulotni kimga, qanday sotaman, degan savollar bilan ovora bo‘lib o‘tirmaydi.

Xotin-qizlarga 14 nafar lider tadbirkor biriktirilib, ish o‘rganishi, daromad topishini nazorat qilib boradi.  

Markazda har biri ayol kishi bilishi kerak bo‘lgan, ham oilada, ham jamiyatda muhim sanalgan yo‘nalishlar - gilam to‘qish, pazandalik, tikuvchilik, sandiqchilik, sartaroshlik, sovundan gullar yasash kabi faoliyat turlarini o‘rgatish yo‘lga qo‘yilgan.

 

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA