French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlikka oid ayrim majburiyatlar bekor qilinadi
16:49 / 2025-12-19

Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 15 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestriga 36 mingdan ortiq majburiy talablar kiritiladigan bo‘ldi.

Xususan, Veterinariya xizmati nazorati ostidagi 1 568 ta tovar pozitsiyasi bo‘yicha mahsulotga muvofiqlik sertifikati olish, shuningdek, turizm xizmatlarini ko‘rsatishda mazkur faoliyatga xos bo‘lmagan hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun faoliyat turini amalga oshirishda ayrim ortiqcha cheklovlar bilan bog‘liq jami 1 600 dan ortiq majburiy talablar bekor qilinmoqda.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatidagi importni amalga oshirishda tovar qiymatiga qo‘yilgan 5 000 AQSH dollarlik cheklov, turistlarga uy-joyni 30 kungacha ijaraga berish, yog‘ochdan mebel tayyorlashga doir talablar bekor qilindi.

Natijada tadbirkorlarga ma’muriy organlar bilan munosabatga kirishishda ortiqcha byurokratik to‘siqlar kamayishiga va ularning xarajatlari, vaqti va resursi tejalishiga erishiladi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA