Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlikka ilk qadam
13:50 / 2024-06-15

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini yuzaga chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, Sirdaryo viloyatida ham bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotir.

30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan O’zLiDeP Sirdaryo viloyati va Sayhunobod tumani Kengashlari ishchi hodimlari, deputatlar, tuman Fermerlar, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida bitiruvchi yoshlar ishtirokida “Tadbirkorlikka ilk qadam” loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi.  

Sayxunobod tumanida 477 ta fermer xo‘jaligi mavjud. Ularda  mingdan ziyod yoshlar doimiy va mavsumiy ish bilan ta’minlangan. Qolaversa, 5 mingdan ziyod yoshlar tomorqalarda mehnat qilmoqda. Joriy yil tumandagi 500 gektar yer maydoni yoshlarga ajratilgan. Ushbu yer maydonlariga asosan poliz ekinlari, bug‘doy, takroriy ekinlardan mosh, kungaboqar hamda oshqovoq yetishtirilmoqda.

Tadbir ishtirokchilari shunday yer egalaridan biri Sh.Bobobekov faoliyati bilan tanishdi. U o‘zining 5 nafar oila azolari bilan birga 2 gektar yerdan unumli foydalanmoqda. Bir gektariga tarvuz, qolgan bir gektariga bug‘doy yetishtirish orqali yiliga o‘rtacha 80 million so‘mgacha sof daromad ko‘rishni maqsad qilgan. Bundan tashqari, u mosh yetishtirish orqali qo‘shimcha daromadga ham ega bo‘lmoqda.

Ishtirokchilarda bug‘doy ekish bilan shug‘ullanib kelayotgan U.Ro‘ziyevning faoliyati ham manzkur bo‘ldi. U 4 gektar yer maydonida 4 nafar oila a’zolari bilan 18 tonna bug‘doy olishni maqsad qilgan. Takroriy ekinga esa mosh yetishtirish niyatida. Yillik daromadi 70-90 million so‘mni tashkid qiladi.  

Tadbir ishtirokchilari aholini daromadli qilish maqsadida tatbiq etilayotgan Sayxunobod tajribasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishtirildi. Faol yoshlarga partiyaning tuman Kengashi  tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Sh. Suyarov, O‘zA muxbiri