Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlikka berilgan imkoniyatlardan maqsadli foydalanish lozim (+video)
17:43 / 2025-11-17

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator qonun loyihalari ko‘rib chiqildi. Jumladan, “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunning 9-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritishga doir loyiha keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda yer resurslaridan samarali foydalanish, yer ajratishda belgilangan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, ba’zi hollarda ayrim tadbirkorlarning ajratilgan yer uchastkalaridan samarasiz, maqsadsiz foydalanishi holatlari kuzatilmoqda.

Shu bois, mazkur qonun loyihasida maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari direksiyalari investitsiya bitimi bo‘yicha majburiyatlarini bajarmagan tadbirkorlik sub’ektlarining yer uchastkalaridan foydalanish huquqini bekor qilish to‘g‘risida iqtisodiy sudlarga da’vo arizasi bilan murojaat qilsa, davlat bojini to‘lashdan ozod etilishi belgilanmoqda.  

[gallery-26353]

Fraksiya a’zolari tadbirkorlikka berilgan imkoniyatlardan maqsadli va o‘z vaqtida foydalanish, investitsiya muhitini yaxshilash, yerdan oqilona foydalanishni ta’minlovchi huquqiy asoslarni mustahkamlash zarurligini alohida ta’kidladi.  

— Muhokamalarda fraksiyamiz a’zolari so‘l qanot g‘oyalarining amalda tatbiq etilishi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdilar, — deydi fraksiya a’zosi Shokirjon Ahmedov. —  Tadbirkorlarning ijtimoiy mas’uliyatini kuchaytirish, investitsiya kiritish, ish o‘rinlari yaratish va ishlab chiqarishni rivojlantirish kabi majburiyatlarning bajarilishi dolzarb ekaniga urg‘u berildi. Tadbirkorlik sub’ektlariga berilayotgan imtiyoz va yengilliklar, avvalo, ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikka xizmat qilishi lozim.  

Fraksiya a’zolari kun tartibidagi qonun loyihalari bo‘yicha partiya dasturiy vazifalaridan kelib chiqqan holda taklif va munosabatlarini bildirib, tegishli qarorlar qabul qildi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/XFuQ2tZTrDk" title="Tadbirkorlikka berilgan imkoniyatlardan maqsadli foydalanish lozim" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhtarama Komilova,

Asliddin Alijonov (surat), Oybek Davronov (video), O‘zA