Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqiy himoyasi ta’minlanmoqda
18:38 / 2023-09-14

So‘nggi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatiga keng e’tibor qaratilib, tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida Prezidentimiz tomonidan bir qator farmon va qarorlar chiqarilib, tadbirkorlik faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish imkonini bermoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining qabul qilinishi, soha faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan dastlabki muhim hujjatlardan biri bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining yangi qabul qilingan Konstitutsiyasi tadbirkorlik sub’ektlari, ya’ni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, ularning faoliyatiga har qanday aralashuvlarning oldini olish bo‘yicha kafolat bo‘ldi.  

Xususan, Bosh qomusimizning 65-moddasida, “Fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi, iste’molchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi.  O‘zbekiston Respublikasida barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan himoya qilinishi ta’minlanadi.   Xususiy mulk daxlsizdir. Mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emas” deb belgilandi.  

Bu bilan mamlakatimizda tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va qonuniy manfaatlari to‘liq qonun bilan himoya qilinadigan bo‘ldi.  

Shu o‘rinda sudlar ham korxona, tashkilot va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida samarali faoliyat yuritmoqda.  

Birgina 2022 va 2023 yilning o‘tgan davri mobaynida, Qashqadaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan 6 nafar tadbirkorlarga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgani bunga yaqqol misol bo‘la oladi.  

Bu, o‘z navbatida, yurtdoshlarimizning ishonchini yanada mustahkamlamoqda.  

Bir so‘z bilan aytganda, mazkur tarixiy hujjat yurtimizda qonun ustuvorligini, odil sudlovni ta’minlash borasidagi ezgu ishlarning muhim huquqiy asosi bo‘lib qoladi.  

Burxon Turdiyev,  

Qashqadaryo viloyat sudining  

jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi.

O‘zA