English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlik sub’ektlariga taqdim etilgan subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanish samaradorligi oshadi
10:03 / 2025-12-16

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Tadbirkorlik sub’ektlariga taqdim etilgan subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, tadbirkorlik sub’ektlariga taqdim etiladigan subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni maqbullashtirish hamda ularning samaradorligini ta’minlash bo‘yicha respublika komissiyasining tadbirkorlik sub’ektlariga taqdim etilgan qo‘llab-quvvatlash choralari natijasida erishilishi lozim bo‘lgan aniq maqsadli ko‘rsatkichlar samaradorligini baholash tartibi joriy etiladi.  

Qaror bilan: 

Tadbirkorlik sub’ektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalar taqdim etilishini monitoring qilish, ularning samaradorligini baholash hamda asossiz olingan va maqsadsiz foydalanilgan subsidiyalarni qaytarib olish tartibi to‘g‘risidagi nizom; 

Tadbirkorlik sub’ektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalar taqdim etilishini monitoring qilish hamda ularning samaradorligini baholash uchun mas’ul vazirliklar va idoralar ro‘yxati tasdiqlandi. 

Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 martga qadar barcha qo‘llab-quvvatlash choralari haqidagi ma’lumotlar “subsidiya.mf.uz” platformasidagi reyestrga kiritiladi. 

2026 yil 1 iyunga qadar o‘zlari mas’ul bo‘lgan qo‘llab-quvvatlash choralarining taqdim etilishi, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan erishilishi lozim bo‘lgan aniq maqsadli ko‘rsatkichlar axborot tizimlarida belgilanishi, ularning monitoring qilinishi va samaradorligi baholanishiga bog‘liq barcha jarayonlar tegishli vazirlik va idoralar bilan idoralararo axborot almashinuvi (axborot tizimlarini integratsiya qilish) orqali raqamlashtiriladi. 

Qo‘llab-quvvatlash choralarining taqdim etilishini monitoring qilish hamda ularning samaradorligini baholashda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan erishilishi lozim bo‘lgan aniq maqsadli ko‘rsatkichlarning bajarilishi tahlili manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimlari orqali idoralararo axborot almashinuvi orqali amalga oshiriladi. 

2026 yil 1 iyulga qadar o‘zlarining qo‘llab-quvvatlash choralariga oid axborot tizimlari “subsidiya.mf.uz” platformasi bilan to‘liq integratsiya qilinadi. 

Ushbu Nizom tadbirkorlik sub’ektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalar taqdim etilishini tizimli monitoring qilish, ularning samaradorligini baholash hamda maqsadsiz foydalanilgan subsidiyalarni qaytarib olish tartibini belgilaydi.

O‘zA