Qounchilik palatasi yalpi majlisida xalq vakillari tadbirkorlikni qo‘llab-kuvvatlash, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqdilar.
Qonun loyihasida uch yildan ortiq faoliyat ko‘rsatayotgan hamda hisoblangan soliqlarni muddatida to‘lab kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga ko‘ra soliq qarzini to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilyapti.
Bu imkoniyatlar uch yildan ortiq tovarlarni import qilish bilan shug‘ullanayotgan, bojxona to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlarini bajarib kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga ko‘ra to‘lovlarni belgilangan muddatda to‘lashga ega bo‘lmayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga ham tatbiq etilishi belgilanmoqda.
Qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.
Shundan so‘ng deputatlar suv va suvdan foydalanish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda muhokama qildilar.
Qonun loyihasi bilan suv ob’ektlari yoki ularning qismlarini belgilangan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektorga berish mumkin bo‘ladi. Suv tejovchi texnologiyalar joriy qilganligi uchun davlat byudjetidan subsidiya olganlar ushbu loyihalardan kamida besh yil samarali foydalanishi, shuningdek, sho‘ri yuviladigan yerlar lazer uskunalar yordamida har uch yilda kamida bir marta tekislanishi shartligi belgilanmoqda.
Suv ob’ektlarida baliqchilik xo‘jaliklarini tashkil etish uchun xususiy sektorga berish mumkinligi ham qonun loyihasida o‘z aksini topmoqda.
Qizg‘in muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.
[gallery-3351]
N.Nasriyev, O‘zA