Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlik sub’ektining huquqi tiklandi
10:49 / 2026-01-22

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani Adliya bo‘limi tomonidan murojaatchi “Amudaryotex” mas’uliyati cheklangan jamiyatining qarzlarini undirishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.

–  Mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbarining murojaatini o‘rganish jarayonida haqiqatdan ham Amudaryo tuman Irrigatsiya bo‘limi bilan 2022 yil 3 iyun kuni mahsulot yetkazib berish shartnomasi tuzilganligi ma’lum bo‘ldi, –  deydi Adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Suhrob Hayitboyev. – Mazkur shartnomaga asosan tuman Irrigatsiya bo‘limi “Amudaryotex” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga 171 million so‘m to‘lab berilishi lozimligi, lekin to‘lanishi kerak bo‘lgan vaqt o‘tib ketganligiga qaramasdan shartnoma shartlarini bajarmay kelayotganligi aniqlandi.  

Murojaat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar o‘rganib chiqilib, O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustdagi “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritildi. Natijada tadbirkorlik sub’ekti huquqi tiklandi. Javobgar tashkilotdan tegishli pul tadbirkorlik sub’ektiga undirib berildi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri