Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlik rivojiga e’tibor
19:12 / 2015-09-25

Poytaxtimizda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi va partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tomonidan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojiga ko‘maklashish partiyaning bosh maqsadi” mavzusida muloqot o‘tkazildi.

Poytaxtimizda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi va partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tomonidan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojiga ko‘maklashish partiyaning bosh maqsadi” mavzusida muloqot o‘tkazildi. Unda Toshkent shahar prokuraturasi, soliq, bojxona, savdo-sanoat palatasi boshqarmalari vakillari, partiya faollari, tadbirkorlar, ekspertlar ishtirok etdi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, uning rivoji yo‘lidagi byurokratik to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etishga qaratilgan islohotlar mulkdorlar huquqlari va uning himoyasini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. So‘nggi yillarda ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasining o‘n beshdan ortiq qonuni va boshqa hujjatlar qabul qilingani tadbirkorlik subyektlari huquqlarini ta’minlashda qo‘l kelmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2015-yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni, shu asosda joriy yil 20-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun shular jumlasidandir. Mazkur hujjatlar asosida tadbirkorlik subyektlari faoliyatining deyarli barcha jihatlariga daxl qiladigan qator qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Bundan tashqari, qonunchilikda xususiy mulkni himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik faoliyatini tartibga soladigan ma’muriy va jinoyat qonunchiligini liberallashtirish jarayonini davom ettirish, barcha turdagi ro‘yxatdan o‘tkazish, ruxsat berish va litsenziyalash, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni yanada soddalashtirish ko‘zda tutilgan. Farmonda tadbirkorlik subyektlarining kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, biznes muhitini yanada yaxshilashga alohida urg‘u berilgan.

Muloqotda xususiy mulk egalari va tadbirkorlarga yanada keng erkinlik berish, mulkdorlar huquqlarini buzganlik uchun davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlarning mansabdor shaxslari javobgarligini oshirishga doir me’yorlar mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob qaytardi.