English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlik rivoji yo‘lida
15:36 / 2015-02-16

Andijonda “Tadbirkor ayollarning moliyaviy savodxonligini oshirishda banklarning o‘rni” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Andijonda “Tadbirkor ayollarning moliyaviy savodxonligini oshirishda banklarning o‘rni” mavzusida seminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki hamda “Tadbirkor ayol” uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida bank va moliya sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yuksak samaralar berayotgani alohida ta’kidlandi.

– Tadbirkorlikda moliyaviy savodxonlik muhim ahamiyat kasb etadi, –deydi “Hamkorbank” boshqaruvi raisi o‘rinbosari Nigora Yoqubova. – Shundan kelib chiqib, joylarda o‘tkazilayotgan tadbirlarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan opa-singillarimizning sohaga oid tushunchalari hamda moliyaviy, biznes-reja tuzish va kredit olish qoidalari bo‘yicha bilimini boyitishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirishga yordam beradi.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan yili “Hamkorbank” tomonidan xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun 128,7 milliard so‘m kredit ajratilgan. Buning samarasida ko‘plab ayollar o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan va yangi ish o‘rinlari yaratishga hissa qo‘shgan.

Seminarda “Biznesni yuritishda yuridik jihatlar: qonunchilik va imtiyozlar”, “Biznes-reja tuzishning o‘ziga xos jihatlari”, “Bank bilan munosabatlar: hisob raqami ochish, kredit olish uchun kerakli hujjatlar, kredit mahsulotlari” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

– Bugungi mashg‘ulotlarda korxonani boshqarish va moliyaviy siyosat yuritish bo‘yicha bilimimiz yanada oshdi, – deydi Andijon tumanidagi “Entomofolog bio” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Odina Saidova. – Ayniqsa, shu yo‘nalishdagi ilg‘or tajribalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lganimiz biz uchun har tomonlama foydali bo‘ldi.

Tadbir doirasida bankning moliyaviy ko‘magi bilan tadbirkorlik sohasida ulkan natijalarga erishayotgan andijonlik ishbilarmon ayollar hayoti va faoliyati aks etgan “Yuksalish tarixi” nomli maxsus film namoyish etildi.