Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlik rivoji uchun barcha sharoit yaratiladi
09:11 / 2023-05-16

Davlatimizning har bir xatti-harakati, ichki siyosati  zamirida  odamlarni ishli qilish, bandligini ta’minlash, shu asosda aholimiz orasidagi kambag‘allar sonini kamaytirish, bu ko‘rsatkichlarni pasaytirish maqsadi  yotadi.

Joriy yilning 10 may kuni Prezidentimiz kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni oshirishga doir chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi. Shu asnoda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hududlarda yangicha ishlashi kerakligi ta’kidlandi.

 Darhaqiqat, bu boradagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarilayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. 
Xususan, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda ham davlat kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha o‘z zimmasiga katta majburiyatlar olgan. 

Masalan, aholi bandligini ta’minlash uchun oilaviy tadbirkorlikka 15 trillion so‘m imtiyozli kredit va subsidiyalar, dehqonchilik uchun esa 200 ming gektar yer ajratilganining o‘zi ham buning yorqin misolidir. Muhimi, yurtimizning har bir vakili uchun qulay ish muhitini yaratishga harakat qilinmoqda.

Yodingizda bo‘lsa, bir paytlar tadbirkorlikni boshlovchi kishilardan bir qator hujjatlar talab qilinardi. Shuning uchun ko‘plar yelib-yugurishlardan charchab,   biror ishni boshlashga hayiqib turardi. Bugungi kunda esa, aniq rejalar asosida imkoniyatlarini namoyon qilish uchun bor-yo‘g‘i kishidan jur’at va mehnat talab etilyapti,xolos. 

Ba’zan 1,5 milliardga yaqin aholisi bor Xitoy davlati o‘z aholisi ehtiyojidan orttirib, dunyoni eng muhim tovarlar bilan ta’minlayotganini ko‘rib, eshitib hayratlanamiz. Demak, hamma narsa, avvalo, insonning intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga bog‘liq ekan.

Prezidentimiz o‘tkazgan yig‘ilishda endi Xitoy tajribasi asosida har bir viloyatda bittadan tumanni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha alohida dastur amalga oshirilishi belgilandi. Bunda kambag‘allik yuqori bo‘lgan tumanlarda yo‘l-transport, elektr, aloqa va turizm infratuzilmasini yaxshilash, kichik va o‘rta shaharlarni rivojlantirish, mahallalarni sanoatlashtirishga e’tibor qaratiladi. 

Joriy yilda oilaviy tadbirkorlikka 13 trillion so‘m kredit va 1,5 trillion so‘m subsidiya ajratilishi ma’lum qilindi. Shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha 37 turdagi subsidiya mavjud bo‘lib, kredit va subsidiyalarni har bir kambag‘al oilaga alohida yondashuv asosida taqdim etish taklifi bildirildi.

Sohada bugungacha amalga oshirilgan ishlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, aytish mumkinki, respublikamizning barcha hududlarida kichik tadbirkorlik sub’ektlari samarali faoliyat yuritmoqda.Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlari 420 759 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik sub’ektlari soni 417 215 tani tashkil etgan.

Kichik tadbirkorlik sub’ektlari sonining eng yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahrida, Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Qashqadaryo, Andijon viloyatlarida qayd etilgan.

Iqtisodiy sohadagi kichik tadbirkorlik sub’ektlari soni savdo sohasida – 151 761 ta, sanoat sohasida – 74 713 ta, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 41 426 ta, qurilish sohasida – 34 772 ta, xizmatlar sohasida – 27 785 tani tashkil etgan. 

Bu ko‘rsatkichlar qanchadan-qancha oilalar farovon umr kechirishga intilayotganini ko‘rsatadi. 

Prezident ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda 100 dan ortiq ijtimoiy xizmatlarni bevosita mahallaning o‘zida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar berildi. 

 

O‘zA