Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlik rivoji – farovonlik omili
13:14 / 2015-09-14

Andijonda “2015-2019-yillarda iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalash dasturini hayotga tatbiq etishda huquqni muhofaza qilish organlarining roli va mas’uliyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” mavzusida konferensiya-seminar bo‘lib o‘tdi.

Andijonda “2015-2019-yillarda iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalash dasturini hayotga tatbiq etishda huquqni muhofaza qilish organlarining roli va mas’uliyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” mavzusida konferensiya-seminar bo‘lib o‘tdi.

Huquqni muhofaza qilish idoralari, nazorat qiluvchi va sud organlari, mutasaddi tashkilotlar vakillari, tadbirkor va fermerlar ishtirok etgan tadbirda davlatimiz rahbarining shu yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash, viloyatda ana shu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish xususida atroflicha so‘z yuritildi.

Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘rsatilayotgan e’tibor tufayli jahon miqyosidagi iqtisodiy-moliyaviy inqirozlarga qaramay O‘zbekiston iqtisodiyoti barqaror rivojlanib, xalqimizning turmush farovonligi tobora yuksalib borayotgani alohida ta’kidlandi.

Istiqlol yillarida keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirilib, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish borasida qonunlar, farmon va qarorlar qabul qilindi, tadbirkorlik subyektlariga ko‘plab imtiyoz va preferensiyalar berildi, xususiy mulkdorlar huquqlari va ularning himoyasi mustahkamlandi. Jumladan, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashish tizimi soddalashtirildi, faoliyatga oid interaktiv xizmatlar joriy etildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga kreditlar taqdim etish, ularning huquq va manfaatlarini himoyalash borasidagi xizmatlar ko‘lami ortdi. Tuman va shaharlarda Biznesga ko‘maklashish, axborot-maslahat markazlari, rieltorlik, buxgalteriya hujjatlarini yuritish bo‘yicha tadbirkorlarga ko‘maklashuvchi korxonalar, auditorlik xizmatlari faoliyati takomillashtirildi. Advokatlik byurolari, brokerlik idoralari, tijorat banklari, sug‘urta idoralarining filial va bo‘limlari tadbirkorlarga tez, qulay va ishonchli xizmat ko‘rsatmoqda.

Buning samarasida joriy yilning birinchi yarmida Andijon viloyatida iqtisodiy o‘sishning barqarorligi ta’minlandi. Yalpi hududiy mahsulotning o‘sish hajmi 106,5 foizni, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 121,4 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 106,5, qurilish ishlari 113,5, chakana savdo aylanmasi 115, aholiga pullik xizmat ko‘rsatish 113,4 foizni tashkil etdi.

Ayni paytda viloyatda 24 mingdan ziyod kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyekti samarali faoliyat yuritmoqda. Ushbu tizim vakillari faoliyatini ishonchli himoya qilish, ularga yanada erkinlik berish va faoliyatida uchrayotgan to‘siqlarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan tizimli chora-tadbirlar tufayli bugun mazkur sektorning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 51,4 foizga yetdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi B.Parpiyev, viloyat prokurori M.Egamberdiyev va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi roli va o‘rnini yanada oshirish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishdagi to‘siq va cheklovlarga barham berish, xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini yanada oshirish, faoliyatini samarali olib borish bo‘yicha bundan-da qulay iqtisodiy, huquqiy sharoitlar yaratib berish borasidagi ishlar va uning natijalari xususida so‘z yuritdi.

Anjumanda ushbu yo‘nalishlardagi ishlar samaradorligini oshirish, davlatimiz rahbarining mazkur farmoni, O‘zbekiston Respublikasining joriy yil 20-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga tushuntirish, tadbirkorlik subyektlari huquqiy himoyasini kuchaytirish, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan g‘ov va cheklovlarni bartaraf etish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lami va sifatini yanada oshirish lozimligi ta’kidlandi.

– Prezidentimizning joriy yil 15-maydagi farmonida tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yanada yuqori bosqichga ko‘tarish hamda huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasida aniq vazifalar belgilab berilgan, – deydi Baliqchi tumanidagi “Bal muslim quruvchi” xususiy ko‘p tarmoqli korxonasi rahbari Ma’murjon Qo‘ziyev. – Biz ham ushbu farmondan ruhlanib, korxona faoliyatini yanada kengaytirishga astoydil bel bog‘ladik. Ayni paytda “Hamkorbank” Chinobod filialidan olingan 80 million so‘m kredit hisobidan qo‘shimcha makaron ishlab chiqarish sexi qurildi. Mazkur sex ishga tushirilgach, yana bir necha turdagi makaron ishlab chiqarish imkoniga ega bo‘lamiz. Qo‘shimcha 4 yangi ish o‘rni yaratiladi.

Konferensiya-seminarda Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov so‘zga chiqdi.