French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlik faoliyatini boshlashga ko‘maklashuvchi o‘quv-kurslari
19:39 / 2021-01-11

Namanganda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, o‘z biznes g‘oyasiga ega yoshlar ishtirokida “Biznes bilan tanishuv va tadbirkorlik faoliyatini boshlash” mavzuida o‘quv kurslari boshlandi.

2020 yil 25 dekabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan “O‘zbekiston yoshlar forumi”da yoshlarda ijobiy motivatsiya, biznes va tadbirkorlik sohasida zarur bilim va malakalarni shakllantirish orqali ularni tadbirkorlikka jalb etish va bandligini ta’minlash bo‘yicha “Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.

Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga o‘qitishning yangi tizimini joriy etish maqsadida yoshlarda biznes ko‘nikmalarini shakllantirish va o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga ko‘maklashishga qaratilgan o‘quv dasturi va modullari ishlab chiqildi. O‘z tadbirkorlik faoliyati boshlaganlarga 3 oygacha ijara to‘lovlari bo‘yicha subsidiya berish, tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun kredit resurslari ajratilishi, bank krediti ta’minoti bo‘yicha sug‘urta polisi xarajatlarining bir qismi qoplab berilishi belgilandi.

[gallery-750]

Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati boshqarmasi huzuridagi “Zamonaviy kelajak ta`lim” nodavlat ta’lim muassasasi tomonidan Namangan shahri va To‘raqo‘rg‘on tumani yoshlari ishtirokida boshlangan o‘quv-kursi 6 kun davom etadi.

O‘quv-kursi davomida ishtirokchilarning o‘z biznes g‘oyalari asosida, biznes rejalarini ishlab chiqish borasida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar bilan bir qatorda, viloyatda faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalariga, kichik sanoat zonalariga tashriflar tashkil etiladi. Joylardagi monomarkazlarda tajribali tadbirkorlar tomonidan mahorat darslari o‘tkaziladi.

Ushbu o‘quv-kursi davomida tinglovchilar o‘z korxonalarini belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish imkoniyatiga, shuningdek, ular o‘quv kursi boshlanishida “ish izlovchi” maqomida bo‘lgan bo‘lsa, yakunida “ish beruvchi” maqomiga ega bo‘ladi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA