Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlik faoliyati rivojlanadi
09:38 / 2024-03-30

Aks-sado

Prezidentimizning Namanganga tashrifi hamda iftorlik dasturxoni atrofida bildirgan ezgu tilaklari viloyatimiz ahlida katta taassurot qoldirdi.  

Darhaqiqat, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, yurtimiz tinch, xalqimiz osuda hayot kechirayotganining o‘zi bebaho ne’mat, buning qadriga yetishimiz, shukrona keltirishimiz lozim. Viloyat faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda iqtisodiy islohotlarni, maqsadli dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha qator dolzarb vazifalar belgilab berildi. Bunda, ayniqsa, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, investitsiyalarni jalb etish, yerdan, suvdan unumli foydalanish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.  

Sayxunobod tumani tajribasi asosida to‘rt ming xonadonni tanlab olib, ularga gulchilik, asalarichilik, chorvachilik kabi yo‘nalishlarda tadbirkorlikni boshlash uchun texnika, urug‘, kredit masalalarida amaliy ko‘mak berish bo‘yicha topshiriqlar berildi. E’tiborlisi, shu yo‘l bilan 35 ming kishini ish bilan ta’minlash, turmush farovonligini oshirishga erishiladi.  

Bundan tashqari, Kosonsoy va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida mevani qayta ishlash korxonalarini bunyod etish, tayyor mahsulotlar eksporti hajmini ko‘paytirish yuzasidan loyihalar ishga tushirilishi ta’kidlandi. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi Namangan viloyati kengashi faollari, deputatlar ishtirokida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi.  

Bu borada deputatlarimiz, faollarimiz bor kuch va imkoniyatini safarbar etadi hamda mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shadi.  

Solijon Mo‘minov,  

O'zLiDeP Namangan viloyati kengashi raisi.  

O‘zA