Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlarning muammolarini prokurorlar o‘rgandi
16:11 / 2024-08-07

Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 17 iyul kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyev rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Samarqand viloyatida o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.

Ushbu jarayonda Samarqand tumanida investitsiya va mahalliylashtirish dasturlari ijrosi bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarini bajarmagan, ishlab chiqarish hajmlarini qisqartirgan hamda chet davlatlardan import qilingan texnologik uskunalari ishga tushirilmagan 10 ta muammoli tadbirkorlik sub’ekti, shu jumladan, faoliyatini to‘xtatgan korxona rahbarlari bilan ochiq muloqot qilindi.

Uchrashuv davomida 21 ta muammoli masala qayd etilib, har bir masala mas’ul hokimlik, idoralar va tijorat banklari rahbarlari ishtirokida muhokama qilindi. Buning natijasida import qilingan texnologik uskunalar o‘rnatilishi bilan bog‘liq 4 ta muammo joyida ijobiy hal etilishi ta’minlandi. Qolgan muammolarni tez fursatlarda bartaraf etish yuzasidan mas’ullar va aniq muddat muddat belgilandi.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri