French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlarning muammolari tinglandi
09:54 / 2025-02-21

Tadbirkorlikni rag‘batlantirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda byurokratiyani yengish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan. O‘z navbatida jamiyatimizda tadbirkorlik madaniyati ham rivojlanib, yangi-yangi loyihalar amalga oshirilmoqda.

Tadbirkorlikni rag‘batlantirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda byurokratiyani yengish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan. O‘z navbatida jamiyatimizda tadbirkorlik madaniyati ham rivojlanib, yangi-yangi loyihalar amalga oshirilmoqda.

[gallery-21844]

Sirdaryoda ham bu borada tizimli ishlar olib borilmoqda. Tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan siyosatning ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat rahbari Erkinjon Turdimov boshchiligida haftaning har dushanba kuni Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi ana shunday tadbirda mahalliy biznes loyihalari, yangi iqtisodiy tashabbuslar va tadbirkorlarning muammolari muhokama qilindi.

Uchrashuvda tadbirkorlar o‘z biznesidagi qiyinchiliklar haqida to‘xtaldi, muammolari haqida so‘zlab berdi. Ularning yechimi mas’ullar bilan muhokama qilinib, amaliy chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, viloyat prokurori, adliya boshqarmasi boshlig‘i va boshqa qator mas’ullar dasturlar va tashabbuslar, shuningdek, tadbirkorlarga yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.

Yakunda viloyat rahbari qonun doirasida tadbirkorlarga ko‘mak berish, ular faoliyatini hamda biznes rivoji va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasidagi takliflarni qo‘llab-quvvatlasha tayyorligini bildirdi.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/Hcowk4O_u-g?si=Jw2CQ87GTXmLYjcC" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Shahriyor ORTIQBOEV(surat,video),O‘zA