Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlarga valyuta ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatish uchun ruxsat berilishi rejalashtirilmoqda
10:46 / 2021-12-17

Prezidentimizning “Raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi regulation.gov.uz portalida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Mazkur loyihada xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, norasmiy valyuta operatsiyalari vujudga kelishining oldini olish, shuningdek, xizmatlarni uzluksiz ravishda (24/7 rejimda) ko‘rsatish imkonini yaratish maqsadida xususiy tadbirkorlarga valyuta ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.  

Shuningdek, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga kredit uyushmasi xizmatlar bozoriga kirish imkoniyatlarini yaratish ko‘zda tutilgan. 

Bundan tashqari, teng raqobat sharoitini yaratish maqsadida xususiy tibbiyot muassasalariga haydovchilarni va haydovchilikka nomzodlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi. 

Muhokama 31 dekabrga qadar davom etadi. 

 

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA