Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlarga qulaylik
22:14 / 2023-08-23

Nurafshon shahrida Toshkent viloyati bo‘yicha foydalanilmayotgan va xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari va sotilishi kerak bo‘lgan yer maydonlari bo‘yicha tadbirkorlar uchun “Roadshow” taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmasi, viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda hamkor boshqarmalar rahbarlari, 150 dan ziyod mahalliy tadbirkorlar ishtirok etdi. Tadbirda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev so‘zga chiqib, keyingi paytlarda mamlakatimizda qulay investitsiya muhitini yaratish, xususiy mulk egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xususiy kapital ishtiroki uchun kengroq imkoniyatlar yaratish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va raqobat muhitini yanada yaxshilash borasidagi ishlarga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.  

Qayd etilganidek, xususiylashtirish dasturi doirasida davlat ulushi mavjud korxonalar 6 barobar yoki hozirgi 2 ming 300 tadan 360 taga kamayishini, 17 turdagi davlat monopoliyasi bekor qilinib, ularga xususiy sektor keng jalb qilinadi. Jumladan, umumiy yer maydoni 10 ming metr kvadratgacha bo‘lgan ob’ektlar sotilganda to‘lanadigan mablag‘lar viloyatning mahalliy byudjetiga hamda ob’ekt joylashgan tuman (shahar) byudjetiga teng taqsimlanadi. Hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan sotilgan ob’ektlar bo‘yicha tushadigan mablag‘lar tegishli mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armalariga o‘tkaziladi.  

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi bo‘yicha tadbirkorlarga davlat ob’ektlarini sotib olish to‘lovlarini to‘lash uchun qo‘shimcha muddat beriladi. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 5 nafardan ortiq ishsizlar bandligi ta’minlagan tadbirkorga davlat mulki ijarasi uchun 50 foiz chegirma beriladi. Hozirgi vaqtda 485 ta ob’ektlarni ijaraga berish bo‘yicha auksion savdolari davom etmoqda.  

– Bugungi kunda yana 2282 ta (300,1 gektar) yer uchastkalari bo‘yicha auksion savdolari davom etmoqda, – deydi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmasi Sardor Jumayev. – Ushbu taqdimotlarni o‘tkazishimizdan asosiy maqsad sohadagi yangiliklarni tadbirkorlarga, qolaversa keng jamoatchilikka yetkazish orqali ularga biznes faoliyatini rivojlantirishga amaliy yordam berishdan iborat.  

A.Musayev, O‘zA