Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlarga o‘zgarishlar haqida tushuncha berilmoqda
20:39 / 2024-02-01

Yurtimizda olib borilayotgan islohotlarda inson qadrini ulug‘lashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Natijada, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini rivojlantirish yangi ish o‘rinlari yaratish, aholini bandligi va turmush darajasi oshib bormoqda.

Tabirkorlikni rivojlantirishda ishbilarmonning harakati bilan ish bitmaydi. Bunda, albatta, davlatni o‘rni va roli bo‘lishi kerak. Shundagina, mazkur yo‘nalishdagi muammolar o‘z yechimi topadi. 

Namanganda mamlakatimiz rahbarining “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va “Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik ma’lumotlarni taqdim etish jarayonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati yuzasidan Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes-ombudsman) tomonidan tabirkorlik sub’ektlari vakillariga targ‘ibot tadbirlari amalga oshrilmoqda.

Mazkur uchrashuvlar hozirgacha viloyatning 10 ta tumanida o‘tkazilib, ularda ishtirokchilarga qonunchilikdagi yangiliklar mohiyati yetkazildi.
– Bugun tadbirkorman, yurtga foyda keltiraman, degan insonning zamoni, – deydi muloqot qatnashchilaridan biri “Madadkor ta’minot” xususiy korxonasi rahbari Bahodir Asadov. – Prezidentimiz tashabbusi bilan biz ishbilarmonlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotganini his etib turibmiz. Xususan, shu yilning fevral oyidan tadbirkorlik reytingi joriy etilishi ana shu g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi. Qolaversa, tadbirkorlardan olinadigan hisobot va statistik ma’lumotlar qisqartirilganligi va qator yengilliklar berilayotganidan xursand bo‘ldik. Muloqotda biz tadbirkorlar soliq va byudjet siyosatidagi o‘zgarishlar, tadbirkorlik borasidagi imtiyozlar haqida juda ko‘p foydali ma’lumotlar oldik.

Bu kabi uchrashuv va muloqotlar Biznes-Ombudsman vakilligi tomonidan viloyatning barcha hududlarida tashkil etilishi belgilangan.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.