Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlarga nisbatan 8 ta holatda yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishlari bartaraf etildi
15:33 / 2026-01-07

Shu kunlarda Biznes-ombudsman tomonidan nazorat qiluvchi organlarning tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan ta’sir choralarini qo‘llash amaliyoti muntazam ravishda tahlil qilib borilmoqda.

O‘rganishlarda aniqlanishicha, ayrim nazorat qiluvchi organlar tadbirkorlarga nisbatan ma’muriy chora ko‘rishda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks talablariga amal qilmasdan vakolat doirasidan chetga chiqmoqda.    

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 245-moddasi 3-bandida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar yakka tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) ularning xodimlari, yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlarining mansabdor shaxslari va (yoki) boshqa xodimlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ham ko‘rib chiqishi belgilangan.    

Jumladan, Farg‘ona viloyatidagi ayrim inspeksiyalarning mansabdor shaxslari tomonidan tadbirkorlarga nisbatan rasmiylashtirilgan hujjatlar sudlarga yuborilmasdan, o‘zboshimchalik bilan ko‘rib chiqilgan va jazo qo‘llash to‘g‘risida qarorlar qabul qilingan.    

Biznes-ombudsman tomonidan kiritilgan xulosalar asosida 8 ta holatda yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilishlari bartaraf etildi va inspeksiya tomonidan noqonuniy chiqarilgan ma’muriy qarorlar bekor qilindi.    

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA