Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlarga ko‘mak
17:33 / 2015-04-16

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi vakillarining moliyaviy malakasini oshirish bo‘yicha maxsus treninglar o‘tkazish dasturini ishlab chiqdi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi vakillarining moliyaviy malakasini oshirish bo‘yicha maxsus treninglar o‘tkazish dasturini ishlab chiqdi. 

Toshkentda tadbirkorlar, tijorat banklari va boshqa moliya tashkilotlari vakillari ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbatida ushbu dasturni amalga oshirish rejasi va shartlari taqdim etildi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari Anvar Ikromov so‘nggi bir yilda mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar paketi kengaytirilib, sifati takomillashtirilganini ta’kidladi. Chunonchi, kichik biznesga kredit ajratish tartibi soddalashtirilib, bank ishi sohasida tadbirkorlik subyektlariga ruxsat berishning qator tartib-taomillari liberallashtirildi.

Buning samarasida tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga taqdim etilgan kreditlar hajmi 2014-yilda 9,2 trillion so‘mdan, jumladan, mikrokreditlar hajmi 1,9 trillion so‘mdan oshdi. Tadbirda mamlakatimiz tadbirkorlarining moliyaviy malakasini oshirish dasturi bu boradagi ko‘rsatkichlarni yanada yaxshilashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Dasturda ishtirok etish istagini bildirgan tadbirkorlar besh kun davomida omonatlarni boshqarish, biznes-reja tuzish va uni taqdim etish qoidalari, kredit va lizing olish tartiblari, kredit madaniyatini yuksaltirish, qarz oluvchilar tavakkalchiligini boshqarish kabi mavzularni o‘z ichiga olgan pul-kredit siyosatining dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus treninglarda saboq oladi. 

– Trening yakunida tinglovchilar imtihon topshiradi, – deydi Xalqaro moliya korporatsiyasi loyihasi muvofiqlashtiruvchisi Orif Nasibov. – Tadbirkorlarning moliyaviy malakasi va pul-kredit munosabatlariga kirishishga tayyorgarligi ushbu imtihon natijalari bo‘yicha baholanadi. Sertifikat olgan tadbirkorlar tijorat banklarining ishonchli mijoziga aylanib, kredit foiz stavkasining kamayishi, garov ta’minoti shartlarining yengillashishi kabi qo‘shimcha imtiyoz va boshqa preferensiyalarga ega bo‘lishi mumkin.

Davra suhbatida taqdim etilgan dasturni takomillashtirish va yanada boyitishga doir taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqildi.