French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda
12:18 / 2024-02-20

FOTOREPORTAJ

Keyingi yillarda mamlakatimizda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, quyonchilik tarmog‘ini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilib, yangi loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda.  

Namangan shahridagi “Hojiakbar ota go‘sht va sut mahsulotlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati dastlab mahalliy zotdagi 30 bosh qoramol parvarishi bilan ish boshlagan. Mazkur xo‘jalikka yaqinda Gollandiyaning “Qora-ola golshtin”, Avstraliyaning “Simmental” zotli 20 bosh qoramoli olib kelindi.

Jamiyat rahbari Avazxon Axrormirzayevning ta’kidlashicha, kelgusida xo‘jalik faoliyati yanada kengaytirilib, hudud aholisiga arzon narxlarda sifatli go‘sht va sut mahsulotlarini yetkazib berish va mahsulotlarni qayta ishlash maqsadida yangi korxona tashkil etilishi rejalashtirilgan.  

Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan fuqarolardan yana biri Rustam Tomaboyev Sharshara mahallasi hokim yordamchisi tashabbusi bilan baliqchilik xo‘jaligini tashkil etdi. Uy sharoitida u o‘tgan yili 50 tonnadan ziyod Afrika laqqa balig‘ini yetishtirdi.  

– Faoliyatimizni kengaytirish uchun foydalanilmayotgan hududdan yer maydoni ajratib berildi, - deydi Rustam Tomaboyev. – Ajratilgan kredit mablag‘i hisobidan bu joyni obod qilib, baliqchilik uchun moslashtiryapmiz. Endilikda iste’moldan tashqari baliq chavoqlarini tayyorlab sotish, kooperatsiya usulida ularni yetishtirishga ham imkoniyat yaratiladi.  

[gallery-16044]

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA