Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlarga huquqiy maslahatlar berildi
20:26 / 2022-07-26

Toshkent viloyatida Xalq banki mas’ul xodimlari tomonidan aholi uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Unda 100 ga yaqin tadbirkorning murojaati o‘rganildi.

Sayyor qabulda Xalq banki rahbariyati fuqaroning masalasi ijobiy hal qilinishiga ko‘maklashishini bildirdi. Murojaatlari bilan kelgan tadbirkorlarga yengillik yaratish yo‘llari muhokama qilindi.

Xususan, aholi va tadbirkorlar bank-moliya, soliq to‘lovlari, kadastr, savdo-sotiq, faoliyatini kengaytirish, shuningdek, kredit olish yoki qaytarish masalalarida yuzaga kelgan muammolar ko‘rib chiqildi.

Jumladan, zangiotalik tadbirkor Muhabbat Pardayeva viloyatdan kelgan ishchilarga arzon narxdagi mehmonxona qurish uchun 2019 yilda Xalq bankidan 3,5 milliard so‘m kredit olgan. Qurilish jarayonida kadastr bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganligi sababli mehmonxona belgilangan muddatda emas, 2022 yilning aprel oyida faoliyatini boshlaydi. Hozirgi kunda tadbirkor kreditni qaytarishga qiynalayotganligi uchun to‘lov muddatini uzaytirishni so‘rab murojaat qilgan.

Uchrashuvda muhokama qilingan boshqa masalalar bo‘yicha huquqiy tushuncha va maslahatlar berildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA