Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlarga 19,6 milliard so‘mdan ortiq kredit ajratilgan
14:33 / 2024-03-14

“Tadbirkorlar virtual ofisi” - tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini kecha-yu kunduz qabul qilish, hal etish va ushbu jarayonlarni nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan platformadir.

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil portalga kiritilgan murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va muddati ustidan raqamli nazorat o‘rnatadi hamda qonunbuzilish holatlari bo‘yicha tegishli ta’sir choralarini qo‘llaydi. Murojaatlar tahlili asosida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.    

Biznes-ombudsman axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan davr mobaynida «Tadbirkor virtual ofisi» axborot portali orqali kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasida tadbirkorlarga 19,6 milliard so‘mdan ortiq kredit ajratilgan.    

Shuningdek, tadbirkorlarga 10,3 milliard so‘m miqdorida asossiz to‘langan soliq summalarining qaytarilishi va 3,7 milliard so‘m pul mablag‘i undirilishida yordam ko‘rsatilgan.    

   

Gulnoza Boboyeva,  

O‘zA