English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlardan olingan qariyb 8 milliard so‘mlik ortiqcha mablag‘ qaytariladi
15:07 / 2022-08-19

bugungi kunda dehqon va tadbirkorlarimiz orqali yurtimiz issiqxonalarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari nafaqat ichki bozorlarga yetkazib berilmoqda, shuningdek, chet davlatlarga ham eksport qilinmoqda.

Biroq, ushbu issiqxonalar uchun zarur bo‘lgan issiqlik energiyasini yetkazib berishda monopoliyalar tomonidan tadbirkorlarning manfaatlari buzilayotganligi yuzasidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. 

Xususan, Navoiy viloyatida 150 gektardan ortiq yer maydoniga issiqxonalar qurilgan bo‘lib, u yerda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga tabiiy monopoliya subekti hisoblangan “Navoiy IES” AJ tomonidan ishlab chiqilgan  1 Gkal issiqlik energiyasi belgilangan narxlarda ya’ni 166,1 ming so‘mdan yetkazib berish o‘rniga o‘rtacha 227,5 ming so‘mdan yoki 37 foizga qimmat narxda yetkazib berilganligi natijasida jami 70 dan ortiq tadbirkorlardan qariyb 8 milliard so‘mlik ortiqcha mablag‘ olib kelingan.  



Mazkur masala bo‘yicha Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini tiklash bo‘yicha ko‘rilgan choralar natijasida asossiz undirilgan mablag‘larni tadbirkorlarga qaytarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Qo‘mitaning ushbu qarorlari Navoiy tumanlararo ma’muriy sudi tomonidan qanoatlantirildi.  
 

Gulnoza Boboyeva, 
O‘zA