Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlar uchun ulkan imkoniyat! Obyektlar 1 soʻmga teng qiymatdagi boshlangʻich narxda sotilmoqda
12:41 / 2018-11-07

Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 64 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari 744ta yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 23 mlrd. 140 mln. soʻmlik investitsiya kiritish sharti bilan 9 mlrd. 674 mln. 64 soʻm miqdorga sotildi.


Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 64 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari 744ta yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 23 mlrd. 140 mln. soʻmlik investitsiya kiritish sharti bilan 9 mlrd. 674 mln. 64 soʻm miqdorga sotildi.

Hurmatli ishbilarmon investorlar! Joriy yilning 11 oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, endilikda, savdolarga chiqarilgan davlat mulki obyektlari – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida aniqlangan koʻchmas mulk obyektlari investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda – 1 soʻmga teng qiymatdagi boshlangʻich narxda sotilishi belgilandi.

Shuningdek, boshqa koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha – qayta baholanmasdan, ularni oʻtkazish kunidagi savdolarda shakllangan narxda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga oʻtkaziladi va savdoga chiqariladi. 

Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auksion oʻtkazmasdan, investor bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar orqali investitsiyaviy hamda ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda yer uchastkalarini berish va boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini belgilagan holda sotib olish imkoniyati ham tugʻildi. 

Unga koʻra, tegishli davlat idoralari tomonidan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha eksperiment tartibi belgilandi.

Eksperiment tartibi bilan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalari “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida tanlov ishtirokchisining investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari inobatga olingan holda sotiladi. 

“Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga Respublikaning tuman va shahar xokimliklari tomonidan 2968 ta boʻsh yer uchastkalari, 723 mlrd. 123 mln. 404 ming soʻm investitsiya kiritish, 10476 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 8 mlrd. 527 mln. 500 ming soʻm miqdordagi mol-mulklar auksion savdolariga chiqarildi. 

Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 1202 ta boʻsh yer uchastkalari 359 mlrd. 935 mln. soʻm investitsiya kiritish, 5194 dan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 11 mlrd. 830 mln. 600 ming soʻmga sotildi. 

Hozirda “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 1766 ta boʻsh yer uchastkalari 6 mlrd. 432 mln.600 ming soʻm miqdordagi auksion savdolariga chiqarildi.

Jumladan :

• Qashqadaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 20 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 172 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 8 mlrd. 313 mln. soʻmlik;

• Samarqand viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 18 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 225 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 11 mlrd. 950 mln. soʻmlik;

• Fargʻona viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 54 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 296 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 8 mlrd. 150 mln. soʻmlik;

• Navoiy viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 10 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 70 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 4 mlrd. 175 mln. soʻmlik;

• Xorazm viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 25 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 286 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 16 mlrd. 180 mln. soʻmlik;

• Surxandaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 14 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 111 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 4 mlrd. 620mln. soʻmlik;

• Buxoro viloyati viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 14 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 58 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 2 mlrd. 100 mln. soʻmlik;

• Andijon viloyati viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 14 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 206 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 4 mlrd. 151 mln. 596 ming soʻmlik;

• Namangan viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 15 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 154 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda4 mlrd.850 mln. soʻmlik;

• Jizzax viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 25 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 331 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 13 mlrd. 150 mln. soʻmlik;

• Sirdaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 19 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 160yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 7 mlrd. 140 mln. soʻmlik;

• Qoraqalpogʻiston Respublikasining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 4 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 34 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 2 mlrd. 460 mln. soʻmlik;

• Toshkent viloyati Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 14 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 330 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 24 mlrd. 580 mln. soʻmlik.

Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 64 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari 744ta yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 23 mlrd. 140 mln. soʻmlik investitsiya kiritish sharti bilan 9 mlrd. 674 mln. 64 soʻm miqdorga sotildi.

Tadbirkor va investorlar oʻzlariga maʼqul boʻlgan yer uchastkalarini hamda boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini onlayn-auksion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud. 

Qulay, shaffof va adolatli auksionlar ishtirok eting va mulk egasiga aylaning!

“E-IJRO AUKSION”YAESMga savdoga qoʻyilgan 1 soʻmlik binolar
ROʻYXATI

photo5409024118742952332.jpg

photo5409024118742952333.jpg

photo5409024118742952334.jpg

photo5409024118742952335.jpg