English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlar uchun ochiq muloqot
16:22 / 2026-01-10

Buxoro viloyatida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari va viloyat bojxona boshqarmasi mas’ullari o‘rtasida navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘i B.Muratov so‘zga chiqib, tashqi savdo jarayonlarida tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va muammolarni tezkor hal etish muhim vazifa ekanini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, Prezidentimizning “Bojxona ma’muriyatchiligi va tashqi savdo tartibotlarini yanada soddalashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazmuni yuzasidan tushuntirishlar berildi. Farmon doirasida tashqi savdo ishtirokchilari uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar, bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini raqamlashtirish, ma’muriy to‘siqlarni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, 2027 yilga qadar tovarlarni bevosita chegarada rasmiylashtirish hajmini oshirish, bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lash imkoniyatlarini kengaytirish, vakolatli iqtisodiy operatorlar sonini ko‘paytirish hamda bojxona auditi qamrovini kengaytirish rejalashtirilgani qayd etildi. 

Shuningdek, 1 martdan boshlab dastlabki deklaratsiyalash orqali “erkin muomalaga chiqarish” rejimida rasmiylashtirish, bojxona yig‘imini 20 foizga kamaytirish hamda to‘lovlarni kechiktirib to‘lashda 14 kungacha foiz hisoblanmasligi belgilandi.

Uchrashuv yakunida tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Zarif Komilov, O‘zA