French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlar sonining oshishi, ishsizlarning kamayishi demakdir
10:01 / 2021-03-18

Biror kasb-hunarni puxta egallab, o‘sha sohada mehnat qilayotgan har bir inson nafaqat, o‘zi, oilasi, balki, atrofidagi bir nechta kishiga ko‘maklashadi.

Bitta tadbirkor esa o‘nlab, yuzlab odamlarning oilasini daromad bilan ta’minlab, farovon turmush kechirishiga hissa qo‘shishi mumkin.  

“Shovot” mahallasida oilaviy tadbirkorligini boshlaganiga 15 kun bo‘lgan Temurbek Matkarimov ham “Ayollar daftari”da turuvchi 2 nafar xotin-qizning bandligini ta’minlab, “qora qozoni” qaynashiga hissa qo‘shayotgan tadbirkor yigitlardan biri.  

U bugungi kunda erkaklar sport kiyimini tikib, ichki bozorga chiqarishga ham ulgurdi.

Hazorasp tumani hokimi O‘ktam Masharipov va tuman prokurori Ruslan Jumaniyazov tadbirkor bilan uchrashish maqsadida uning xonadonida bo‘ldi. Yosh tadbirkorning ish faoliyati bilan yaqindan tanishib, ishlab chiqarayotgan mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi. Uning fikrlarini tinglab, tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarini berdi.

– Men “Ayollar daftarida” turaman, – deydi Salomat Rajabova. – Ishsiz edim. Ammo, tikuvchilikni yaxshi bilsam-da, ishlashga sharoitim yo‘q edi. Chunki, farzandlarimni yolg‘iz tashlab ketolmasdim. Bugun esa men ish bilan band bo‘ldim. Tadbirkor qo‘shnim mening bandligimni ta’minladi. Hozirda farzandlarim ham yonimda. Oilamga daromad olib kelyapman.  

Albatta,  tadbirkorlar sonining oshishi, ishsizlar sonining kamayishi demakdir.

Ahmadjon Shokirov, O‘zA