English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlar samarali faoliyat yuritishi uchun imkon qadar qulayliklar yaratilishi muhim
14:52 / 2024-08-20

Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti davom etmoqda.

Bugungi kunda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, saralash, qayta ishlash uskunalari va butlovchi qismlari olib kelinganda sertifikat olishga uch oy vaqt ketayapti.

Sababi, hududlarda sinovlarni to‘liq qamrab oladigan laboratoriyalar yo‘q. Hamma poytaxtga kelishga majbur.  

Mutasaddilarga yil yakunigacha Namangan, Samarqand va Xorazmda sinov laboratoriyasi tashkil qilish topshirildi.

Yana bir masala – hozir tadbirkorlar elektron hisob-faktura va tovar-transport yuk xatini alohida 2 ta hujjat sifatida rasmiylashtirmoqda. Tadbirkor yuk xatiga 49 ta ma’lumotni majburiy kiritishi kerak.

Hamma sohaga raqamlashtirish kirib kelgan bir paytda, bunday amaliyotni bekor qilish vaqti kelgani ta’kidlandi. Endi bu hujjatlar yagona shaklga keltiriladi va faqat 4 ta ma’lumot kiritishni o‘zi yetarli bo‘ladi.

O‘zA