Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlar safi kengaymoqda
12:30 / 2025-04-26

Buxoro viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i tomonidan joylarda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda. Uchrashuvlar jarayonida soliq xizmati organlari xodimlari ishbilarmonlarning faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, ularga zarur maslahatlar ham berilmoqda.

Buxoro tumanida faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar ham har ikki tomon uchun manfaatli bo‘ldi.

Uchrashuvda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga keng imkoniyatlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, tashabbuskor yosh tadbirkorlar yuzaga kelayotgan ayrim masalalar bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda tadbirkorlarning soliq hisobotlarini topshirish, barqarorlik reytingi, ortiqcha to‘lovni qaytarish, soliq qarzini undirishda yengillik berish to‘g‘risidagi 10 ga yaqin murojaatlari tinglanib, ularni ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Muloqotlarda tadbirkorlik sohasini rivojlantirish borasida belgilab berilgan vazifalar, aynan, Buxoro tumanida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, hududlar sanoat va ishlab chiqarish salohiyatini oshirish va tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.  

Tadbir yakunida mamlakatimiz iqtisodiyoti va xususiy sektor rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan ilg‘or va tashabbuskor tadbirkorlarga minnatdorlik bildirilib esdalik sovg‘alari topshirildi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.