Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlar reytingini joriy etishdan maqsad nima?
18:30 / 2024-02-01

Tadbirkorlar faoliyatini baholash ko‘rsatkichlari bo‘yicha umumiy ball baholash vaqtida amalda bo‘lgan ko‘rsatkichlar soni va ularga berilgan ballar yig‘indisidan kelib chiqib belgilanadi.

1 fevraldan “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” amaliyotga joriy qilinmoqda. 

Xo‘sh bu reyting qanday shakllanadi? Unda qanday qilib yuqori natijalarga erishsa bo‘ladi? 

Biznes-ombudsman ma’lumotiga ko‘ra, birinchidan, bu reyting turli idoralar o‘rtasida o‘zaro almashinadigan ma’lumotlar asosida inson omilisiz avtomatik tarzda shakllantiriladi. Ya’ni, siz reytingda yuqori ball to‘plash maqsadida hech qaysi tashkilotga alohida ma’lumot taqdim qilishingiz shart emas. 

Ikkinchidan, reyting tegishli tashkilotlardan olingan ma’lumotlarni 23 ta aniq mezonlar asosida tahlil qilish natijasida shakllantiriladi. 

Umumiy, ballarni kamaytiruvchi va qo‘shimcha ballar beruvchi mezonlarga bo‘linadi. 

Reytingda yuqori ball olish uchun asosiy talab qonunchilik talablariga to‘liq rioya etgan holda faoliyat yuritishdir. 

Reyting halol, insofli tadbirkorlarni davlat tomonidan yanada rag‘batlantirish va yashirin iqtisodiyotni kamaytirish imkonini beradi. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA