English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlar qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishdi
14:08 / 2020-01-26

Tadbirning ikkinchi qismida, oʻtkazilgan sayyor qabulda faoliyatida turli qiyinchiliklarga duch kelayotgan tadbirkorlar tomonidan koʻtarilgan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilot va idoralar masʼullari tomonidan oʻrganilib, aniq amaliy yordamlar koʻrsatildi.


Jizzaxda biznes subyektlari vakillari hamda chet el investorlarini Oʻzbekiston Respublikasining tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashga doir qonunchilik va normativ huquqiy hujjatlarga kiritilgan yangiliklar bilan tanishtirish, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarini oʻrganish va hal etish choralarini koʻrishga bagʻishlangan sayyor qabul hamda oʻquv seminari tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subʼ yektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, viloyat adliya, soliq, Markaziy bank, davlat aktivlarini boshqarish agentligining davlat mulkini ijaraga berish hududiy boshqarmalari hamda boshqa mutasaddi idoralar rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida tashkil etilgan oʻquv seminarida Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-yanvardagi “Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va boshqa huquqiy normativ hujjatlar yuzasidan maʼruzalar tinglanib, muhokamalar, munozaralar boʻlib oʻtdi.

Tadbirning ikkinchi qismida, oʻtkazilgan sayyor qabulda faoliyatida turli qiyinchiliklarga duch kelayotgan tadbirkorlar tomonidan koʻtarilgan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilot va idoralar masʼullari tomonidan oʻrganilib, aniq amaliy yordamlar koʻrsatildi.

Qabul qilingan 30 dan ortiq murojaatning 5 tasi boʻyicha shu yerni oʻzida masʼ ul idoralar vakillari tomonidan huquqiy tushunchalar berildi. 28 nafar tadbirkorlar murojaatlari oʻrganib chiqish uchun qabul qilinib, nazoratga olindi.

– Korxonamizga tabiiy gaz ulanmagani faoliyatimizni toʻla yoʻlga qoʻyishda jiddiy muammo boʻlayotir, – dedi Sharof Rashidov tumanidagi kichik sanoat zonasi hududida faoliyat olib boruvchi “Oybeksupertrans” MCHJ rahbari Jamshid Isakov. – Sayyor qabulda shu muammo boʻyicha Bosh vazirning viloyatdagi qabulxonasiga murojaat qildim. Amaliy yordam berishga vaʼda berishdi.

Tadbir ishtirokchilariga qonunchilikdagi yangiliklar boʻyicha tayyorlangan toʻplamlar tarqatildi.