Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlar qanday mezonlar bo‘yicha baholanadi?
16:31 / 2024-01-25

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi tashabbusi bilan biznes sohasi xodimlari uchun “Tadbirkorlar qanday mezonlar bo‘yicha baholanadi?” mavzuida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Kengash yig‘ilishi davomida “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasi qanday ishlashi va tadbirkorlar qanday mezonlar bo‘yicha baholanishi haqida ma’lumot berildi. 

Shuningdek, tadbirda tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishning aniq maqsad va chegaralarini belgilash, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan yangi mahsulot va xizmat turlarini joriy etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali ular uchun tartibga solish yukini kamaytirish masalalari ham muhokama qilindi. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA