French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlar orasida shunaqasi ham uchrab turadi
16:07 / 2025-06-10

“Hududgazta’minot” AJ Boshqaruv raisining tegishli topshirig‘i bilan mamlakatimizning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash bo‘yicha nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, “Hududgaz Toshkent” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz ta’minoti bo‘limi va huquq-tartibot organlari xodimlari ishtirokida O‘rta Chirchiq tumanida ham tekshiruvlar o‘tkazildi. 

Unga ko‘ra, “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan, fuqaro I.T.ga qarashli umumiy ovqatlanish maskanida iste’molchi yashirin yo‘l bilan tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, energiya resursidan noqonuniy foydalanayotgani ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qonunchilikda belgilangan tartibda qayta hisob-kitob qilindi va iste’molchi tomonidan 1 milliard 329 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi. 

Joylarda bu kabi o‘rganishlar davom etmoqda.

A.Musayev,O‘zA.