Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlar murojaatlari o‘rganilmoqda
11:28 / 2024-07-10

FOTOREPORTAJ

Ma’lumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bu yil Qoraqalpog‘istonda o‘tkaziladi. Ayni paytda ushbu ochiq muloqotga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qoshida joriy yil iyun oyining ikkinchi o‘n kunligidan boshlab tadbirkorlarning murojaat va takliflarini qabul qilish bilan shug‘ullanadigan maxsus shtab o‘z faoliyatini boshladi.  

Shtab tarkibida yigirmadan ortiq idora-tashkilotlardan jam bo‘lgan ekspertlar guruhi tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilish, o‘rganish va ishbilarmonlarni qiynayotgan masalalarga yechim topish yoki bartaraf qilishga kirishgan.  

Hozirgi vaqtga qadar tadbirkorlardan 200 ga yaqin murojaat va taklif kelib tushgan bo‘lsa, uning 40 dan ortig‘i mazkur shtabga tashrif buyurib, bevosita amalga oshirilgan. Oltmishdan ortiq taklif va murojaat Call-markazning telefon raqamlari orqali qabul qilingan.  

[gallery-18206]

Ekspertlar tahliliga ko‘ra, murojaatlarning aksariyati imtiyozli kredit olish, yer maydoni ajratilishi, soliq, eksport va import masalasiga oiddir.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA