Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlar murojaatlari o‘rganildi
20:02 / 2024-03-05

FOTOREPORTAJ

Respublika ishchi guruhi Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanidagi IT-Park binosida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda respublika ishchi guruhi vakillari – Prezident administratsiyasi mas’ul xodimi S. Sulaymonov, “Xalq banki” raisi Sh. Otaboyev, “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari F. To‘rayev va Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshlig‘i H. Abdulazizov hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.

Ochiq muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan turli masalalarda 16 ta murojaat va taklif bildirildi.

[gallery-16240]

Murojaatlarning asosiy qismi joyida ijobiy hal qilindi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalarni qisqa fursatlarda hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi. 

Bir qancha murojaat joyiga chiqib o‘rganildi. Jumladan, “Ozod Prom Servis” MCHJ rahbari Oybek Sapayev tomonidan bildirilgan murojaat yuzasidan respublika ishchi guruhi joyiga chiqqan holda masalaga yechim izladi. Jarayonda butlovchi qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona faoliyati va bu yerda yangidan amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishildi.

Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA