Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlar murojaati o‘rganilmoqda
14:08 / 2024-10-14

Bojxona qo‘mitasining Valyuta nazorati va notarif tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i Otabek Hasanov Buxoro viloyatida bo‘ldi.

Ta’kidlash lozimki, murojaatchilarning asosiy muammolari  bojxona omborida saqlanayotgan tovarlar yuzasidan tegishli sertifikat olish bilan bog‘liqdir. Xususan, ayni vaqtda “AMERI MED DIAGNOSTICS”, “COOL-SHOP” va “BUXORO SAVDOHOLOD” MCHJ vakillarining  murojaatlariga ijobiy yechim topish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.  

Bundan tashqari, “Olot” chegara bojxona postida tashkil etilgan  sayyor uchrashuvda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish barobarida, postda xizmat olib borayotgan xodimlarga o‘z xizmat vazifasiga sidqidildan yondashish  lozimligi ta’kidlandi.  

E’tiborlisi, hududlardagi bojxona omborlarida tovarlarning saqlanish sabablari, ushbu tovarlar uchun ruxsatnoma va sertifikat olinishida tadbirkorlarga bevosita ko‘mak berish masalasida aniq topshiriqlar berildi.  

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.