English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlar murojaati nazoratga olindi
11:41 / 2025-07-24

Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Sirojiddin Eshmatov Koson tumanida kichik va o‘rta biznes sub’ektlari vakillari bilan uchrashib, ularning muammolarini o‘rgandi.

Uchrashuvda Koson tumani hokimining o‘rinbosari Hamza Nazarov ishtirok etdi. 

Tadbir davomida soliq qonunchiligidagi yangiliklarni tadbirkorlarga tushuntirish maqsadida taqdimot o‘tkazildi.

Muloqotda soliq imtiyozlaridan foydalanish, soliqlarni bo‘lib to‘lash, soliq hisobotlarini topshirishda yo‘l qo‘yilgan xatolarni bartaraf etish va boshqa masalalarga oid 20 nafardan ortiq tadbirkorlarning murojaati tinglandi.

[gallery-24438]

Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning aksariyati shu yerning o‘zida hal etildi. Yechimi o‘rganish va vaqt talab etadigan murojaatlar yuzasidan esa chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

– Men tumandagi “Barchinoy izdoshlari” fermer xo‘jaligida hisobchi vazifasida ishlayman. Bugungi muloqotda hisoblangan suv solig‘iga aniqlik kiritish yuzasidan murojaat qildim. Ushbu murojaatim yuzasidan aniq ma’lumotlar berildi, – deydi Alisher Fayzullayev. – Bu kabi muloqotlar ko‘proq o‘tkazilsa, biz uchun foydali bo‘lardi. 

Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘ining tadbirkorlar bilan uchrashuvi viloyatning boshqa tumanlarida ham davom etadi.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari