Tadbirkorlar muammosi o‘rganildi
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamkorligida “O‘zbekipaksanoat” va “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” uyushmalari tarkibidagi korxonalar bilan raqobat muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlar faoliyatida uchrayotgan raqobatga zid holatlarni aniqlash hamda ushbu sohalarni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan amaliy muloqot bo‘lib o‘tdi.
Unda joriy yilning 20 avgustida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan navbatdagi “Ochiq muloqot” tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Sharipov tomonidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan hamkorlikda tadbirkorlar bilan muloqot o‘n kunligi tashkil etilib, har bir tadbirkorni qiynayogan muammolar atroflicha o‘rganilishi, ularni tez fursatda hal etish taklifi bildirildi. bugungi kunda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolar, sohada duch kelinayotgan to‘siqlar haqida murojaatlar tinglandi.


Gulnoza Boboyeva, O‘zA