Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlar muammolarining yechimi nazoratda
09:34 / 2021-10-03

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, shuningdek, soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish - prokuratura organlari e’tibor markazida bo‘lib kelmoqda.

Jumladan, joylarda sayyor qabullarning tashkil etilishi turli byurokratik to‘siqlar va yechimini kutayotgan turli muammolarning hal etilishida samara bermoqda.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori F.Allambergenov Ellikqal’a tumanida bo‘lib, tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbirda  jami 36 murojaat tinglanib, ulardan 14 tasi  joyida hal qilindi. 8 tasi bo‘yicha tushuntirish berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan 12 ta murojaat bo‘yicha tegishli tashkilotlarga qonuniy hal etish uchun ko‘rsatma berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, proyeurorlar tumandagi "Boston Mega Textile" mas’uliyati cheklangan jamiyatida bӯlib,  muammolarni o‘rgandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori rahbarligida tadbirkorlar bilan uchrashuv Beruniy tumanida ham bӯlib ӯtdi.

Uchrashuvda 40 nafarga yaqin tadbirkor ishtirok etib, imtiyozli kredit olish, kommunal tarmoqlariga ulanish, yer uchastkasi ajratilishi va boshqa masalalarda qiynab kelayotgan muammolari hamda takliflarini bildirdi.

Tadbirkorlarning har bir murojaati mutasaddi idoralar vakillari, boshqarmalar hamda masalaga daxldor korxona-tashkilot rahbarlari  ishtirokida tahlil qilinib, aksariyat murojaat joyida hal etildi.

Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlarni qonuniy hal etish uchun muddat belgilanib, ijrosi prokuror tomonidan nazoratga olindi.

 

Dovud Abibullayev, O‘zA